Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Pandemiya davrida qaysi viloyatda ajrimlar soni ko‘paygan?

Pandemiya davrida qaysi viloyatda ajrimlar soni ko‘paygan?

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning 8 oyida respublika bo‘yicha 16 944ta ajrim holati FHDYo organlarida qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4 371taga kam.

Joriy yilning avgust oyida 2 381ta (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 107taga kam) ajrim holatlari qayd etilib, respublika bo‘yicha eng ko‘p ajrim Toshkent shahrida (350ta) kuzatildi.

O‘tgan 8 oy mobaynida FHDYo organlarida qayd etilgan ajrimlar soni bo‘yicha Toshkent shahri – 2 244ta, Andijon – 1 999ta, Samarqand – 1 793ta, Toshkent – 1 738ta va 1 700ta bilan Farg‘ona viloyatlari yuqori o‘rinni egallagan.

Ma’lumot o‘rnida, respublika bo‘yicha 8 oyda eng kam ajrim holatlari Navoiy (578ta) viloyatida qayd etilgan.

Kiritildi: 17:15 25.09.2020. O'qildi: 2057 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!