Bugun 28 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Pandemiya davrida Polsha aholisi keskin kamaymoqda

Pandemiya davrida Polsha aholisi keskin kamaymoqda

2020 yilgi statistikaga ko‘ra, Polshada aholining o‘lim darajasi keskin ko‘tarilib, Ikkinchi jahon urushidagi past ko‘rsatkichga yetgan. Shuningdek, bu mamlakatda o‘tgan yili tug‘ilishlar soni ham sezilarli darajada kamaygan.

Mazkur holat koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgani aytilmoqda va ba’zilar buni demografik inqiroz deb atamoqda.

Aholisi 38 milliondan ziyod bo‘lgan Polshada o‘tgan yili 357 400 ta tug‘ilish ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib,  bu 2005 yildan beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. O‘tgan yili Polshada turli sabablarga ko‘ra jami bo‘lib 486  200 ga yaqin odam hayotdan ko‘z yumgan.

Bu Ikkinchi jahon urushidan beri qayd etilgan eng yuqori o‘lim ko‘rsatkichidir. Bu mamlakatda o‘tgan yili aholi soni umumiy hisobda 129 mingtaga kamaygan. 2019 yilda bu ko‘rsatkich 36, 4 ming kishini tashkil qilgandi.

«Biz ulkan demografik inqirozga yo‘liqdik» deydi polshalik iqtisodchi Rafal Mundri.

So‘nggi 20 yil ichida Polsha aholisi asta-sekin kamayib bordi. Bunga, asosan, mamlakat yoshlarining yaxshiroq imkoniyatlar ilinjida xorijga ko‘chib ketishi sabab bo‘lgan.

Polshada 2019 yilda oyiga o‘rtacha 30 ming kishining o‘lgani qayd etilgan. 2020 yilning noyabr oyida mamlakatda koronavirus avj oldi va 60 400 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Polshada 2021 yilning birinchi uch haftasida ham o‘limlar sonining yuqori bo‘lgani kuzatilib, 24 800 kishining o‘lgani qayd etilgan.

Kiritildi: 19:50 27.01.2021. O'qildi: 2950 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!