Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

“Ozodlik”ni laqqa tushirgan baliqchiliklar

“Ozodlik”ni laqqa tushirgan baliqchiliklar

Joriy yilning 17 sentyabr kuni ozodlik.org radiostansiyasi o‘zining bugun.uz telegram kanalida “Uyi kompensasiyasiz buzilgan andijonliklar hokimlik oldida ochlik e’lon qildi” nomli maqola va videorolik joylashtirdi.

Maqolada “Andijon viloyati, Baliqchi tumani, “Iftixor” mahallasida yashovchi o‘nlab odam uyi buzilganlarga hokimiyat tomonidan tovon puli berilmayotganidan norozi bo‘lib, 16 sentyabr kuni tuman hokimligi binosi oldida to‘planganligi ta’kidlangan. Videorolikda esa norozilar ochlik e’lon qilishgani, kompensasiya berilmagunicha ochlikni to‘xtatmasliklarini aytishgan.

Avvalo, videorolikdagi ayol mimikasi (og‘iz harakati) aytilayotgan so‘zlarga mos kelmasligini payqash uchun dublyaj ustasi bo‘lish shart emas. Taassufki, “Ozodlik”dagilar bunga e’tibor qaratishmagan.

Aslida nima bo‘lgan edi?  

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu videorolikdagi shaxslar Baliqchi tumani, Chinobod shaharchasi, “Iftixor” MFY, “Oydin” ko‘chasidagi 65-sonli 2-qavatli umumiy uyda istiqomat qilishadi.

Ushbu videorolik tuman hokimligi binosi oldida emas, balki shu yilning tahminan 27 iyul kuni Baliqchi tumani, “Oydin” ko‘chasida tasvirga olingan bo‘lib, uning nusxasi ishtirokchilarda mavjud.

Joriy yilning 16 sentyabr kuni Baliqchi tumanida hech qanday to‘planish yoki “norozilik aksiyasi” sodir etilmagan.

Ta’kidlash lozimki, yuqoridagi 65-sonli umumiy uy o‘rnida ilgari 18 ta xo‘jalik yashagan barak tipidagi 1 qavatli umumiy uy bo‘lgan. Mazkur uy binosi ma’nan eskirganligi sababli, ushbu joyda yashovchi aholining talabi bilan 2018 yilda tuman hokimligi tomonidan buzilib, o‘rniga 16 ta xo‘jalikka mo‘ljallangan 2 qavatli 65-sonli umumiy uy va 2 ta xo‘jalik uchun alohida-alohida kottej bank krediti asosida qurilgan va foydalanishga topshirilgan.

Hozirda ushbu uylarda 49 nafar fuqaro istiqomat qilayotgan bo‘lib, har bir xonadon oila a’zolari soniga qarab oyiga 500-700 ming so‘m kredit uchun to‘lovlarni amalga oshirishi belgilangan.

Shu bilan birga, mazkur umumiy uyda yashovchi 5 ta kam ta’minlangan xo‘jalik uchun dastlabki kredit to‘lovi davlat tomonidan qoplangan.

Biroq shu yilning 29 iyul kuni soat 18.00larda qayd etilgan umumiy uyda yashovchi, 1992 y.t. Abdurahmon Sirojiddinov boshchiligida 15 nafar fuqaro “Baliqchi-Andijon” avtoyo‘lidan “Oydin” ko‘chasiga muyulishiga chiqib, 2018 yilda buzilgan uylari uchun kompensasiya talab qilishgan. Talablari bajarilmasa mazkur jarayonni video tasvirga olib, “Ozodlik” radiosiga yuborishni po‘pisa qilgan.

Yuzaga kelgan holat bo‘yicha tuman hokimligi, IIB, Xalq qabulxonasi va boshqa tashkilotlar tomonidan norozilik bildirgan shaxslar bilan muzokaralar olib borilib, tuman hokimi tomonidan har oyda to‘lanadigan kredit to‘lovi ma’lum muddatga hokimlik hisobidan amalga oshirilishi aytilgan.

Shundan so‘ng, fuqarolarning eski buzilgan uylari uchun kompensasiya pullarini to‘lab berish talabi bo‘yicha, tuman hokimligi vakillari ulardan eski uylarining kadastr xujjatlarini taqdim etishni so‘ragan. Boisi “barak” da yashaganlarning bir qismida egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi edi. 

Engillik yaratish maqsadida tegishli kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib bo‘lgunga qadar, “Qishloq qurilish bank” tuman bo‘limiga fuqarolardan kredit to‘lashni talab qilmaslik yuzasidan ko‘rsatma berilgan.

Joriy yilning 10 sentyabr kuni mazkur umumiy uyda yashovchi, 1961 yilda tug‘ilgan Muborakxon Muhiddinova (videorolikda so‘zlagan ayol) MFY raisi A. Tuychiyevga yashayotgan xonadoni uchun kadastr hujjatlarini tayyorlashda yordam berishni so‘ragan. Aks holda u A. Sirojiddinov bilan birga norozilik uyushtirishini ma’lum qilgan.

Shundan so‘ng tuman hokimligi vakillari M. Muhiddinova bilan profilaktik suhbat o‘tkazib, uyining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni o‘z zimmasiga olishgan. Vaziyatdan foydalangan Malohat Isaqova (qayd etilgan umumiy uyda yashovchi, 1986 y.t., Turkiyada mavsumiy ishlagan, turmushdan ajrashgan ayol) hokimiyat vakillariga zimdan ta’sir o‘tkazishni ko‘zlab, eski videorolik nusxasini “Ozodlik” radiosiga yuborgan.  

O‘z navbatida joriy yilning 17 sentyabr kuni viloyat va tuman hokimligi vakillari videorolikda tasvirga tushgan shaxslar hamda yuqoridagi umumhovlida yashovchi aholi vakillari bilan suhbat o‘tkazishgan. Shuningdek, yuzaga kelgan muammoni ijobiy xal etish bo‘yicha o‘zaro kelishib olishgan.

Suhbat davomida qayd etilgan uyda yashovchi fuqarolar ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan maqola noto‘g‘ri va videorolik eski ekanligini ta’kidlab, o‘zlariga ko‘rsatilayotgan yordamdan minnatdor ekanliklarini, e’tirozlari yo‘qligini ma’lum qilishgan.

Eng muhimi – xolislikka da’vo qiluvchi “Ozodlik” har qanday axborotni tekshirib o‘tirmay ovoza qilaverishi yana bir bor isbotlandi. Umume’tirof etilgan me’yorlarga ko‘ra ob’ektiv yondashmaydigan jurnalist qonun oldida javob berishi lozim. “Ozodlik” o‘z qilmishlari uchun qachon jazo oladi? 

 

 

Kiritildi: 17:18 18.09.2019. O'qildi: 4960 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!