Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” klipi AQShda o‘tkazilgan kinofestivalda e’tirof etildi

Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” klipi AQShda o‘tkazilgan kinofestivalda e’tirof etildi

O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” klipi Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tgan INDIE SHORT FEST kinofestivalining “Eng yaxshi klip” nominasiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Rejissyorlar Nodir va Xurshid Sobirovlar tomonidan ishlangan ushbu klip mutaxassis va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirgan.

Quvonarlisi shundaki, bu klip 2023 yili Los-Anjeles shahrida Cine Gear Expo 2023 ko‘rgazmasida ham e’tirof etilgandi. Ya’ni 60 dan ortiq davlatdan kelgan ishtirokchilar orasidan “Mendirman” qo‘shig‘iga suratga olingan klip “Musiqiy va qisqa metrajli filmlar” nominasiyada ishtirok etib, “Eng yaxshi klip” deb e’lon qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, klip 2018 yili “9999” studiyasi tomonidan suratga olingan, YouTube tarmog‘ida 7 millionga yaqin ko‘rilgan.

Kiritildi: 14:53 17.04.2024. O'qildi: 495 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!