Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Ozodbek Nazarbekov dinni pesh qilib san’atni tark etayotganlar haqida: "Dindan kerak bo‘lsa arablarga o‘rgatgan davrimiz bo‘lgan"

Ozodbek Nazarbekov dinni pesh qilib san’atni tark etayotganlar haqida: "Dindan kerak bo‘lsa arablarga o‘rgatgan davrimiz bo‘lgan"

"Toshkent besh tashabbus" harakati doirasida hukumat vakillari, vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik faollari, bloger va jurnalistlar muloqotlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.

Tadbirda qatnashayotgan Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan yoshlarning ochiq muloqoti o‘tkazildi.

Muloqotda Ozodbek Nazarbekov oxirgi vaqtlarda ko‘plab san’atkorlarning dinni pesh qilib sohani tark etayotgani hamda ularning san’atni harom deb atayotgani haqidagi fikrini so‘rashdi.

«Dinni yaxshi bilmasdan turib, dinni yaxshi tushunmasdan turib, jamoat oldiga chiqib, xalq oldiga chiqib, minbardan turib dindan gapirish uchun, kechirasizu meni nazarimda, kamida 25 yillik bilim olgan bo‘lish kerak. 25 yillik, kamida, eng kamida...

Etarli darajada bilim olib, undan keyin din nomidan gapirish menimcha sal yarashadi. Lekin o‘zi kuni kecha umuman boshqa hayot tarzini boshidan kechirib turgan odam bir kunda sahnaga chiqib dindan gapirishi g‘alatiroq menimcha. Lekin, albatta, har bir insonni e’tiqodiga aralashishga hech kimni haqqi yo‘q. Nima bo‘lgan taqdirda ham o‘zi e’tiqod qilayotgan tushunchani hammaga qabul qildirishga urinish ham sal noto‘g‘riroq narsa.

Endi bu san’atimizni harom deyish uchun, buni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri gap ekanligini ajratib olish uchun juda katta aql shart emas. Sababi, agar shu daraja musiqa yoki san’at dinimizda harom bo‘lganida bugungacha yetib kelmas edi. Amir Temurni o‘zi qirib yuborardi.Bizda diniy bilim ufurgan bir davrda san’at qolmagan bo‘lardi. O‘zbekistonni san’ati yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lardi. Musiqa san’ati mutlaq bugun bizgacha kelmas edi. Chunki biz yaxshi bilamiz dinni dunyoga o‘rgatgan davrimiz bo‘lgan, nafaqat bu boshqa yo‘nalishlarda ham. Dindan kerak bo‘lsa arablarga o‘rgatgan davrimiz bo‘lgan. Nahot o‘sha paytlarda yashagan san’at, musiqa bugun haromga chiqib qolsa, 4 ta odamni deb. Bu o‘sha qaysidir ma’noda dinni yaxshi tushunmaslik, hovliqmalikdan.

E’tiqod, iymonda inson bir gavhar topgandek o‘zini tutolmay qoladi. Shu paytda sal ustozlar bilan maslahatlashib ish ko‘rgan to‘g‘ri bo‘ladi menimcha», deydi vazir.

Kiritildi: 18:05 24.05.2021. O'qildi: 7028 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!