"Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Boku-Groziy reysini amalga oshirgan samolyoti halokatga uchraganidan keyin Rossiyaning 10 ta shahriga amalga oshiriladigan parvozlar to‘xtatildi. Bu parvozlar qachon qayta tiklanishi hozircha noma’lum", — dedi Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev AZTV telekanaliga bergan intervyusida.
Aliyev bunday qaror qabul qilishda "Rossiya havo makonining xavfsizligi masalalari" hisobga olinishini ta’kidladi.