Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Ozarbayjon xalqaro qidiruvdagi O‘zbekiston va Ukraina fuqarolarini O‘zbekistonga qaytardi

Ozarbayjon xalqaro qidiruvdagi O‘zbekiston va Ukraina fuqarolarini O‘zbekistonga qaytardi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining so‘rovi asosida 1992 yilda tug‘ilgan Ukraina fuqarosi Arsen Vasilevich Kaldarar va 1980 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Abdurahmon Abduvaliyevich Qayumov joriy yilning fevral oyida Ozarbayjonda ushlanib, ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

2002 yil 7 oktyabrdagi “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha yuridik yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Konvensiyaga asosan ayblanuvchilarni ekstradisiya qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinib, ular Adliya vazirligi Jazoni ijro etish xizmati maxsus kolonnasi hamrohligida O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirilgan.

Kiritildi: 16:31 15.05.2024. O'qildi: 898 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!