Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ozarbayjon mudofaa xarajatlarini oshiradi

Ozarbayjon mudofaa xarajatlarini oshiradi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev “2025 yilga mo‘ljallangan Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga mudofaa va xavfsizlikni ta’minlashga sarflanadigan xarajatlarni ko‘paytirish bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Ozarbayjon Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mudofaa va xavfsizlik uchun byudjet xarajatlari 1 milliard 738 million manatga (1,02 milliard dollar) oshirilib, 8 milliard 396,3 million manatgacha (4,9 milliard dollar) ko‘tarilgan.

Qo‘shimcha xarajatlarni moliyalashtirish Ozarbayjon Davlat neft jamg‘armasidan transfertni ko‘paytirish hisobiga amalga oshiriladi.

Vazirlikning qayd etishicha, o‘sishning asosiy sababi Armanistonning kuchayib borayotgan harbiylashuviga javob berish zaruratidir.

Avvalroq Indian Defense Research Wing Hindiston yaqin kelajakda Armanistonga Pralay kvazballistik raketalarini yetkazib berish bo‘yicha bitim tuzishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.

Armaniston Qurolli kuchlari Hindiston tomonidan 2023 yilda yetkazib berilgan ATAGS artilleriya tizimining oltita bo‘linmasini sinovdan o‘tkazishni yakunladi.

Qonun loyihasi chorshanba kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifi bilan parlamentga kiritildi. Hujjatga ko‘ra, kelgusi yil davlat byudjetining daromadlari 36 milliard 616 million manat, xarajatlari esa 39 milliard 667,6 million manatni tashkil etadi. Bu 2024 yil uchun tasdiqlangan prognozlardan mos ravishda 0,6 foizga ko‘p va 0,2 foizga kam.

Kiritildi: 20:39 18.10.2024. O'qildi: 881 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!