Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ozarbayjon Armaniston va Eron o‘rtasidagi maxfiy qurol bitimi soxta emasligini da’vo qilmoqda

Ozarbayjon Armaniston va Eron o‘rtasidagi maxfiy qurol bitimi soxta emasligini da’vo qilmoqda

Eron va Armaniston o‘rtasidagi 500 million dollarlik maxfiy qurol bitimi soxta emas. Bu haqda Ozarbayjonning Caliber portali xabar berdi.

«Ozarbayjon tomonidagi manbalar puxta tekshiruvdan so‘ng Eron va Armaniston o‘rtasida 500 million dollarlik maxfiy qurol bitimi imzolangani haqidagi shov-shuvli ma’lumotni tasdiqladi. Bu haqda birinchi bo‘lib xabar bergan Iran International adashmadi», — deyiladi nashrda.

Iyul oyi oxirida Eronning muxolifatchi Iran International telekanali Eron va Armaniston 500 million dollarlik maxfiy qurol-yarog‘ bitimini imzolagani haqida xabar berdi. Paket ichida dronlar va zenit-raketa tizimlari bo‘lishi aytilgan. Armaniston Mudofaa vazirligi kelishuv haqidagi xabarni rad etdi.

Kiritildi: 21:40 22.08.2024. O'qildi: 781 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!