Ozarbayjon 15 xil kasallik tufayli 85 mamlakatdan oziq-ovqat importiga cheklov joriy qildi, deb xabar beradi Report.az.
Bu haqda Ozarbayjon oziq-ovqat xavfsizligi agentligi bo‘lim boshlig‘i, bosh davlat veterinariya inspektori Golib Abdulaliyev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida dunyoda blutang, oqsim (yashur), mayda shoxli mollarning chechak va yuqori patogenli parranda grippi kabi kasalliklarning yangi holatlari aniqlangan.
“Mo‘g‘ulistonning Dornod provinsiyasida oqsim (yashur), Sloveniyaning Janubi-Sharqiy va Markaziy Sloveniya viloyatlarida, Quyi Posavska, Zasavska, Bolgariyaning Sofiya va Gabrovo viloyatlarida – blutang, Epir va Gresiyaning G‘arbiy Makedoniya ma’muriy-hududiy birliklarida, Liviyaning Tripoli okrugida mayda shoxli mollarda chechak kasalligi, Portugaliyaning Santarem tumanida, Ispaniyaning Andalusiya avtonom hamjamiyatida va Norvegiyaning Nurlan viloyatida yuqori patogenli parranda grippi qayd etilgan”, - deyiladi xabarda.