Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ov qoidalarini buzgan fuqarolar qancha jarimaga tortiladi?

Ov qoidalarini buzgan fuqarolar qancha jarimaga tortiladi?

Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek, hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish:

* fuqarolarga – 1 115 000 so‘mdan 2 230 000 so‘mgacha;

* mansabdor shaxsarga esa — 2 230 000 so‘mdan 3 345 000 so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, qonunchilikda ushbu huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llangandan keyin takror sodir etganlik uchun ham javobgarlik belgilangan.

Bundan tashqari, tegishli ruxsati bo‘lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki vositalar bilan ov qilish yoki baliq ovlash:

* huquqbuzarlik quroli va ashyolari musodara qilinib, fuqarolarga 3 345 000 so‘mdan 4 460 000 so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa — 4 460 000 so‘mdan 5 575 000 so‘mgacha miqdorda jarima solishga yoxud huquqbuzarlik quroli va ashyolari musodara qilinib, 3 yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab bo‘ladi.

 

Kiritildi: 18:08 22.09.2019. O'qildi: 2387 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!