Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

“Otasi Rossiyada, manzili noma’lum, bolamni xorijga olib chiqish uchun qanday rozilik olaman?”

“Otasi Rossiyada, manzili noma’lum, bolamni xorijga olib chiqish uchun qanday rozilik olaman?”

— Sobiq turmush o‘rtog‘im Rossiyaga ishlagani ketgan. Aniq manzilini bilmayman. O‘g‘limni davolatish uchun xorijga olib ketmoqchiman. Ammo otasining roziligi kerakligi uchun ish bitmayapti. Otasining qayerdaligi noma’lum bo‘lsa, bolaga qanday rozilik olish mumkin?

Ismi sir tutildi.

Murojaatga fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudi sudyasi Jaloliddin ABBASOV javob berdi:

— Oila kodeksining 71-moddasiga asosan ota-ona o‘z bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga egadirlar.

Oila kodeksining 76-moddasiga asosan boladan alohida yashayotgan ota (ona) bola bilan ko‘rishish, uning tarbiyasida ishtirok etish va ta’lim olishi masalasini hal etishda qatnashish huquqiga ega. Alohida yashab kelayotgan ota-onaning biri bilan yashab kelayotgan ularning umumiy voyaga yetmagan farzandlarining O‘zbekiston Respublikasidan chetga chiqish tartibi belgilangan, ya’ni chetga chiqishni rasmiylashtirish vaqtida bolaning ota-onasining biri bilan chetga chiqishiga ikkinchi ota-onaning notarial tasdiqlangan roziligi kerak.

Hozirgi kunda, afsuski, ota-onasi alohida yashab kelayotgan voyaga yetmagan bolalar juda ko‘p. Ko‘p holatlarda otalar oilasini tashlab, chetga pul ishlab kelish maqsadida ketadi va aksariyat holatlarda o‘sha yerda boshqa oila qurib, qaytmaydi. Voyaga yetmagan bolani chetga onasi bilan chiqishiga otaning roziligi bo‘lmaganligi sababli, ona sudga otalik huquqidan mahrum qilish haqidagi talab bilan murojaat qiladi, chunki otalik huquqidan mahrum qilingan otaning roziligi kerak emas.

Shu bois sizga, mazkur holatda farzandingiz salomatligi muhimligini e’tiborga olgan holda, Oila kodeksi 79-moddasining ikkinchi qismiga asosan, sobiq turmush o‘rtog‘ingizni doimiy yashab kelgan joyda joylashgan fuqarolik sudiga uni otalik huquqidan mahrum qilish haqida da’vo ariza bilan murojaat qilish tavsiya etiladi.

Kiritildi: 21:05 07.10.2022. O'qildi: 2911 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!