Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Otabek Murodov ham qamoqqa olindi. U 100 ming dollar pora olgani ta’kidlanmoqda - OAV

Otabek Murodov ham qamoqqa olindi. U 100 ming dollar pora olgani ta’kidlanmoqda - OAV

O‘zbekiston Respublikasining sobiq Bosh prokurori Otabek Murodov ham ustozlari ortidan qamoqqa olindi. Avvaliga Rashidjon Qodirov, keyin Ixtiyor Abdullayev va nihoyat mana Otabek Murodov ham qamoqqa olindi.

«Jahon.uz» internet nashrining ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida tavallud topgan, 44 yoshli sobiq Bosh prokuror Otabek Murodov bundan ikki kun avval, ya’ni 18 sentyabr kuni tunda qamoqqa olingan.

Otabek Murodovga nisbatan uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llangan bo‘lib, Sud tomonidan uning ehtiyot chorasi o‘zgartirilgani va u qamoqqa olingani aytilmoqda.

Hozirda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan DXXning sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev «ishi»ga Otabek Murodov aralashgani yoki unga bog‘liq joyi bo‘lganiyu bo‘lmagani to‘g‘risida rasmiy xabarlar yo‘q. Lekin, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Otabek Murodov Toshkent shahridagi tumanlarning biridagi Jinoiy ishlar bo‘yicha sud raisi ishga o‘tishida 100 ming AQSh dollari miqdorida pora olgani ta’kidlanmoqda.

Bu haqda, na Oliy sud va na Toshkent shahar sudi yoki Bosh prokuratura orqali ham ma’lumotni tasdiqlatish imkoni bo‘lmadi.
Otabek Murodovga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi tartibida jinoyat ishi ochilganining o‘zidan anglash mumkinki, u poraxo‘rlikda ayblanmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa ko‘pchilik Otabek Murodovning yaxshi va samimiy inson bo‘lgani, namunali oilaning tarbiyali farzandi bo‘lganini ham ta’kidlab kelishadi.

Sud hukmi e’lon qilingandagina voqealarning aniq tafsilotlarini bilib olishimiz mumkin, ungacha esa bu jinoyat ishi tergov siri sabab ommaga oshkor etilmaydi, deyiladi manba xabarida.

Kiritildi: 07:15 21.09.2019. O'qildi: 13026 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!