Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ota-onalarning ham elektron Kundalik tizimiga ulanishi majburiymi?

Ota-onalarning ham elektron Kundalik tizimiga ulanishi majburiymi?

XTV elektron Kundalik tizimiga ota-onalarni obunasini uzaytirishga majburlash bo‘yicha o‘qituvchilarga hech qanday ko‘rsatma bermagan, obuna ixtiyoriy va shunday bo‘lib qoladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilardan ota-onalarni elektron kundalik obunasini uzaytirishga majburlashini talab qilinayotgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

(https://yt3.ggpht.com/V_OBYPDEKWcVFLED9x_nnVnCQ-z3PgVwwCOKGJHyJInl9Rxf-v9F6FO3YEKzvhW696UQiSSzNQ=s900-c-k-c0x00ffffff-no-rj)Shu munosabat bilan Xalq ta’limi vazirligi Kundalik tizimiga obuna bo‘lish ota-onalar uchun ixtiyoriyligicha qolayotganini eslatib o‘tadi. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘qituvchilarga ota-onalardan obunani uzaytirishni talab qilish bo‘yicha og‘zaki yoki yozma buyruq berilmagan.

Elektron jurnal va kundaliklardan foydalanadigan maktab o‘qituvchilari - “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq (637-sonli O‘zRQ, 23.09.2020 yilda qabul qilingan) ota-onalarga farzandlarining tarbiyasi hamda umumiy o‘rta ta’lim olishlari uchun mas’uliyatlari doirasida obunani uzaytirishni eslatish huquqiga egadirlar.

Shuningdek, 2021 o‘quv yilida Kundalik tizimiga obuna narxi oyiga emas yiliga 8600 so‘mni, tashkil etishini, eslatib o‘tamiz. Mazkur summaga platformaning barcha funksiyalariga kirish, shuningdek login va parol ham kiradi. Boshqa hech qanday alohida to‘lov amalga oshirilmaydi. Ikki va undan ortiq farzandi bor oilalar uchun esa 10% chegirma ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: 16:36 24.12.2021. O'qildi: 4743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!