Ota o‘zi bilmagan holda 5 oylik o‘g‘lining o‘limiga sabab bo‘ldi.
Fojia Alabama shtatining Tarrent shahrida sodir bo‘ldi. 23 yoshli Kardarius Kotton o‘tgan yakshanba kuni uch farzandi bilan uyda yolg‘iz qolgan. 5 oylik o‘g‘ilchasini vannaga qo‘yib, suv to‘ldirib, keyin kompyuterda videoo‘yinga berilib ketgan. Oradan bir soatcha o‘tgach esa vannaga kirganida o‘g‘lini jonsiz holda topgan.
Erkak tezda yaqin orada tibbiyot muassasasiga o‘g‘lini olib borgan. Ammo shifokorlar go‘dakning jon taslim qilganini aytishgan. Kardarius qamoqqa olingan, chunki uning o‘zi polisiya chaqirgan va bo‘lgan voqeani aytib bergan.