Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ot o‘g‘risi qo‘lga tushdi. Bu ham yetmagandek...

A A A
Ot o‘g‘risi qo‘lga tushdi. Bu ham yetmagandek...

Huquqni muhofaza qilish organlari va mahalliy boshqaruv vakillari hamkorlikda chegara mintaqalarida yashovchi fuqarolarga noqonuniy ishlarni amalga oshirmaslik haqida tushuntirish berishiga qaramasdan, davlat chegaralaridan qo‘shni respublikalarga noqonuniy o‘tish holatlari hamon uchrab turibdi.

Xususan, 1995 yilda Sirdaryo viloyati, Xovos tumanida tug‘ilgan fuqaro SH.R muqaddam 2014 yilda Toshkent shahar Chilonzor tuman sudi tomonidan sudlangan bo‘lishiga qaramay, qayta jinoyat yo‘liga kirdi.

SH.R 2018 yil 12 iyuldan 13 iyulga o‘tar kechasi o‘zi istiqomat qiladigan Yangiobod tumani Pastki Sarmich qishlog‘i hududidan o‘tgan “o‘zbek-tojik” chegarasiga yaqin joylashgan Tojikiston Respublikasi Sug‘d viloyati Shahriston tumani Xoldorqipchoq qishlog‘i hududiga qonunga xilof ravishda aylanma yo‘llar orqali o‘tgan. Bu ham yetmagandek, Tojikiston Respublikasi fuqarosi N.Mning bozor narxi 10.500.000 (o‘n million besh yuz ming) so‘mlik otlarini o‘g‘irlab, chegara to‘g‘risidagi qonunlarni buzib o‘tayotganda jinoyat ustida chegarachilarimiz tomonidan qo‘lga olingan.

To‘plangan dalillar va sudlanuvchining o‘z aybiga iqror bo‘lganligi hisobga olinib, SH.R O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi va 223-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilib, qilmishiga yarasha jazo oldi.

Manba: uza.uz

Kiritildi: 15:03 10.10.2018. O'qildi: 1856 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik