Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Oshpazlarning e’tiborsizligi tufayli 78 kishi halok bo‘ldi

Oshpazlarning e’tiborsizligi tufayli 78 kishi halok bo‘ldi

Turkiyaning Kartalkay tog‘ chang‘i kurortidagi Grand Kartal mehmonxonasida yuz bergan yirik yong‘inga oshpazlarning e’tiborsizligi sabab bo‘lgan.

Bu haqda "Sabah" gazetasi tergov ma’lumotlariga asoslanib xabar berdi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in 21 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 03:21 da oshxonada oshpazlar mehmonlar uchun grilda nonushta tayyorlayotgan paytda yuz bergan. Yonib ketgan yoqqa suv sepishgani butun xonaga yonayotgan massaning sachrashiga olib kelgan. Vahimaga tushgan oshpazlar ko‘chaga qochib chiqishgan, yong‘in tez orada mehmonxonaning barcha qavatlariga tarqalgan, binodagi yong‘in xavfi signalizasiyasi esa o‘chirilgan ekan.

Yong‘in ishi bo‘yicha tergov doirasida 19 kishi qamoqqa olingan. Ular orasida mehmonxona egasi, boshqaruvchi, kurort joylashgan Bolu shahri meriyasi vakillari ham bor. Grand Kartal mehmonxonasidagi yong‘in oqibatida 78 kishi halok bo‘lgan, ularning aksariyati bolalar, 50 dan ortig‘i jarohat olgan. Yong‘in sodir bo‘lgan paytda mehmonxonada jami 238 nafar mehmon bo‘lgan.

Kiritildi: 23:48 27.01.2025. O'qildi: 1793 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!