Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Osh tuzi yetarlicha yodlanmayapti(mi)?

Osh tuzi yetarlicha yodlanmayapti(mi)?

Bu haqida SanEpidQo‘m vakili ma’lum qildi.

“Tekshirilgan 3451ta osh tuzi namunalaridan 1123tasi (37%) belgilangan me’yorlarga javob bermaganligi aniqlanib jami 54 tonna osh tuzi qayta yodlash uchun ishlab chiqaruvchilarga qaytarildi”, - deyiladi xabarda.

O‘zbekistonda iste’mol rasionida yod tanqisligi muammosi bor. Shu sababli respublikada ishlab chiqarilayotgan osh tuzini yodlash tartibi haqida 2010 yilda Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 56ta osh tuzini yodlash korxonalari faoliyat yuritmoqda. O‘tgan davr mobaynida tarkibida yod kam yoki umuman bo‘lmagan tuzlar miqdori 20% kamaygan, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 18:32 24.07.2024. O'qildi: 775 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!