Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Orginal fikrlash haqida bilasizmi?

A A A
Orginal fikrlash haqida bilasizmi?

Insonlar o‘zga mavjudotlardan o‘zining aqliy idroki, onggi, his-tuyg‘ulari va fikrlash xususiyatlari bilan farqlanadi.
Fikrlash - bu aksiomatik qoidalar asosida atrofdagi dunyo qonunlarini modellashtirishning aqliy jarayonidir. Har qanday aqliy muammoni hal qilish,nimanidir anglash, savolga javob topish uchun zarur bo‘lgan bir nechta hukmlarning izchil mantiqiy aloqasi orginal fikrlash deb ataladi.
Orginal fikrlash doimo hissiy tajriba ma’lumotlari- hislar, g‘oyalar va ilgari olingan nazariy bilimlarga tayanadi. Sensasiyadan fikrga o‘tish murakkab jarayon bo‘lib, u birinchi navbatda ob’ektni yoki uning xususiyatini tanlash va ajratib olish, konkretlikdan ajralish va ko‘p narsalarga umumiy bo‘lgan muhimini belgilashdan iborat.
Orginal fikrlashni yanada rivojlantirish va takomillashtirish quyidagilarga bog‘liq:
a) bolaning hayotiy tajribasi,
b) amaliy faoliyati,
v) nutqni o‘zlashtirish,
d) maktab ta’limining tarbiyaviy ta’siri.
Fikrlashning bir nechta turlari bor bo‘lib, ular; orginal,mantiqiy,tanqidiy,aqliy,positiv, negativ va kreativ.
Shunday qilib, orginal fikrlash- idrokning eng yuqori bosqichidir.

Ruxsora Ortiqova O‘zJOKU talabasi

Kiritildi: 11:32 26.06.2022. O'qildi: 5403 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!