“Oreshnik”ni ishlab chiqarish uchun Yaponiya va Germaniya uskunalari qo‘llaniladi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.
Gazeta bu haqda Moskva issiqlik muhandislik instituti va “SozvezdiYE” konserni tomonidan joylashtirilgan bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi e’lonlarga tayangan holda yozadi. Ukraina razvedkasi ularni raketani ishlab chiqishda ishtirok etgan deb hisoblaydi.
E’lonlarda Yaponiyaning Fanuc va Germaniyaning Siemens hamda Heidenhain uskunalaridan foydalanish bo‘yicha talablar ko‘rsatilgan. Bu uch kompaniya kompyuter raqamli boshqaruv mashinalari uchun boshqaruv tizimlarini ishlab chiqaradi.
FT'ning yozishicha, Kiyevning G‘arbdagi ittifoqchilari Rossiyaga yuqori texnologik uskunalar yetkazib berishni to‘xtatishni o‘zlarining ustuvor vazifalari deb bilishadi. Shunga qaramay, 2024 yil boshidan beri Moskva Heidenhain dan kamida uch million dollarlik uskunani olishga muvaffaq bo‘ldi.