Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Oqdaryo tumani hokimi "Captiva"sidagi «migalka» tufayli jarimaga tortildi

Oqdaryo tumani hokimi "Captiva"sidagi «migalka» tufayli jarimaga tortildi

Samarqand viloyatining Oqdaryo tumani hokimi Feruz Abilovning davlat raqami 30 330 SAA bo‘lgan Captiva rusumli xizmat avtomobili old qismiga o‘zboshimchilik bilan «migalka» (stroboskop) o‘rnatilganligi aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Holat yuzasidan chora ko‘rish bo‘yicha tuman IIB YHXB Oqdaryo tuman bo‘limi boshlig‘i katta inspektor leytenant N.Ibragimovga murojaat etildi. Ma’muriy huquqbuzarlik amaldor — tuman hokimining xizmat avtomobili bilan bog‘lik ekanligi uchun turli bahonalar bilan inkor qilinishiga harakat sezildi.

Shundan so‘ng ushbu holat Samarqand viloyat IIB YHXB boshqarmasida muhokama qilindi va boshqarma rahbariyati aralashuvi natijasida huquqbuzarlik yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Kiritildi: 17:09 13.06.2019. O'qildi: 3141 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!