Amerika Qo‘shma Shtatlari vise-prezidenti Mayk Pensning xodimlaridan biri Oq uyda o‘tgan hafta ikkinchi marta tarqalgan koronavirusga chalingan, deya xabar beradi CNBC.
8 may kuni ertalab Pensning yordamchisiga tashxis qo‘yildi. Shu sababli, kanalga ko‘ra, vise-prezidentning Ayovaga parvozi qoldirilgan. Pensning o‘zi har kuni koronavirus uchun tekshiriladi.
Mutaxassislar ma’muriyatning virusga chalingan birinchi xodimini 21 mart kuni aniqladilar. Hozirgi vaqtda Oq uyga barcha tashrif buyuruvchilarning harorati tekshiriladi va har kuni barcha ishchilar testdan o‘tkaziladi.