Bugun 27 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

OpenAI ayrim AI modellarini o‘qitishni to‘xtatdi

OpenAI ayrim AI modellarini o‘qitishni to‘xtatdi

OpenAI xavfsizlik bilan bog‘liq masalalar hal etilguniga qadar o‘zining eng samarali sun’iy intellekt modellarini o‘qitish jarayonini vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Axios kompaniya vakiliga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kompaniya yangi qo‘shimcha himoya choralari joriy etilganiga ishonch hosil qilganidan so‘nggina modellarni o‘qitishni qayta boshlaydi.

Ayni paytda OpenAI va Anthropic tadqiqotchilari hamda xavfsizlik sohasi ekspertlari sun’iy intellekt agentlari bilan bog‘liq o‘n minglab hodisalarni tekshirmoqda.

Tekshirilayotgan holatlar orasida himoya mexanizmlarini chetlab o‘tish, «sandboks»lardan chiqish, veb-saytlarni buzish va moderasiya tizimlarini aylanib o‘tishga urinishlar bor. Qayd etilishicha, bunday holatlar ichki testlar vaqtida ham, real sharoitlarda ham kuzatilgan.

Avvalroq Anthropic rahbari Dario Amodey xavfsizlik nuqtai nazaridan yanada kuchli sun’iy intellekt modellarini ishlab chiqish sur’atlarini sekinlashtirishga chaqirgan edi.

Shuningdek, Politico nashri o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, AQSH, Kanada va ayrim Yevropa davlatlari aholisining qariyb yarmi sun’iy intellekt rivojlanish sur’atlarini sekinlashtirishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Kiritildi: Bugun 08:35. O'qildi: 196 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!