2025 yil uchun Ochiq byudjet loyihalari taqvimi tasdiqlandi. Bu haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, tashabbusli byudjetning birinchi mavsumiga 1 fevral kuni start beriladi. Birinchi mavsum g‘oliblari 21 mart kuni e’lon qilinadi. Birinchi mavsum 48 kun davom etadi.
Tashabbusli byudjetning ikkinchi mavsumi 15 iyulda boshlanadi va 30 kun davom etadi. Ikkinchi mavsum g‘oliblari 1 sentyabr kuni e’lon qilinishi belgilangan.