Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Onaizor qanday qilib terrorchini to‘xtatib qoldi?

A A A
Onaizor qanday qilib terrorchini to‘xtatib qoldi?

Nyu-Jersilik onaning ko‘nglidagi g‘ashlik Kentukki shtati polisiyasiga qo‘ng‘iroq qilib, ularni Dillan Jarrell ismli insonni tekshirishga ishontirishga undadi. Buni qarangki, ayni o‘sha qo‘ng‘iroqdan so‘ng polisiya xodimlari shu insonni qidirib borishganida uni uyidan tish-tirnog‘igacha qurollanib chiqib ketayotganini ko‘rishgan va shu zahoti qo‘lga olishgan. Ma’lum bo‘lishicha, u mahalliy maktabga hujum qilmoqchi bo‘lgan ekan, deya xabar qildi “Yahoo Lifestyle”.

 Koyberli Bull — 16, 11 va 8 yoshli uchta farzandning onasi. “Facebook” tarmog‘ini ko‘rayotib ayol aynan uning bolalariga yozilgan xatni ko‘rib qoladi. Unda foydalanuvchi qo‘rqinchli gaplarni yozgan va farzandlariga tezroq o‘lishlarini tilagan. Hattoki sahifasiga qurol bilan tushgan suratini ham joylagan. Buni ko‘rgan ayol esa zudlik bilan polisiyaga online murojaat yo‘llagan.

Dillan allaqachon ikkinchi darajali terroristik tahdidda ayblanmoqda. Hozir u sud jarayonining boshlanishini kutmoqda. Bull xonim esa butun mamlakat bo‘ylab minglab minnatdorchilik maktublarini olish bilan band.

Kiritildi: 10:07 27.10.2018. O'qildi: 1718 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik