Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

«Oltin to‘p» so‘rovnomasida O‘zbekiston nomidan berilgan ovoz kulgiga sabab bo‘ldi

«Oltin to‘p» so‘rovnomasida O‘zbekiston nomidan berilgan ovoz kulgiga sabab bo‘ldi

France Football nashri tomonidan aniqlanadigan «Oltin to‘p» sovrinining bu yilgi so‘rovnomasi bo‘yicha ba’zi ma’lumotlar ma’lum qilindi.

Nufuzli nashrning ovoz berish jarayonida ijodiy guruhdan tashqari, deyarli barcha mamlakatlardan bir nafardan jurnalistlarning ovozlari ham inobatga olingan.

So‘rovnoma jarayonida jahonning aksariyat yetakchi nashrlari O‘zbekiston nomidan ovoz berishda ishtirok etgan «Sport Football Journal» vakili Grigoriy Rtveladzening variantiga e’tibor qaratgan.

Rtveladze talqiniga ko‘ra, 2021 yilning eng yaxshi o‘yinchisi nomzodligi uchun quyidagi beshlik keltirilgan: Kilian Mbappe (1), Meyson Maunt (2), Lionel Messi (3), Jorjo Kyellini (4), Kevin de Bryuyne (5).

Jahon sport ommasida katta auditoriyaga ega bo‘lgan Espn ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaridan birida o‘zbekistonlik sport jurnalistining «Chelsi» o‘yinchisi Meyson Mauntni «Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxatida 2-o‘ringa belgilaganini kulgi bilan tasvirlagan.

Kiritildi: 21:41 05.12.2021. O'qildi: 10355 marta. Fikrlar soni: 16 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!