Bugun jahon bozorida oltinning narxi 1 troya unsiyasi uchun 3 508 dollarga yetdi. Bu ko‘rsatkich aprel oyidagi tarixiy rekorddan ham oshdi.
Yil boshidan beri qimmatbaho metalning narxi 30%dan ortiqka o‘sdi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Markaziy banki ichki bozorda oltin quymalari narxini keskin oshirmadi:
➖ 100 gr oltin quyma – 143,7 mln so‘m;
➖ eng yuqori paytda bu quymaning narxi 150 mln so‘mga yaqinlashgandi.