Jahon bozorida oltin narxi rekord darajaga yetib, bir unsiyasi (taxminan 28 gram) 3 850 dollarga baholanmoqda. Bu ko‘rsatkich oltinning tarixiy maksimumi bo‘lib, so‘nggi 6 hafta ichida uzluksiz o‘sishni namoyon etmoqda.
Umumiy hisobda, oltin narxi 2025 yil boshidan buyon 45 foizga ko‘tarilgan. Tahlilchilar bu o‘sishni global iqtisodiy beqarorlik, inflyasiya xavfi va AQSh Markaziy banki mustaqilligiga tahdidlar bilan bog‘lamoqda.