Taxminan olti oy ichida Ukrainada tinchlik o‘rnatilishiga umid qilyapmiz, Vashington buning ustida ishlayapti, dedi AQSh vise-prezidenti
Jey Di Vens bu haqda NBC News telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
Qo‘shma Shtatlar vise-prezidentining intervyusidan iqtiboslar:
◾️ AQSh Ukraina mojarosi “tez fursatda” tugashiga ishonmaydi;
◾️ Rossiya turli murakkab sabablarga ko‘ra o‘t ochishni to‘xtatishni xohlamaydi. Biz Rossiyaning harakatlarini nazorat qila olmaymiz, aks holda urush Tramp prezidentlik lavozimiga kirishganidanoq tugagan bo‘lardi;
◾️ Ukrainadagi hududiy chegaralarni qanday belgilash haqidagi qarorni ukrainaliklarning o‘zi qabul qiladi;
◾️ Ikkinchi jahon urushi yoki insoniyat tarixidagi boshqa yirik mojarolarning barchasi qandaydir muzokaralar bilan yakunlangan. Ukraina mojarosi ham muzokaralar bilan tugaydi;
◾️ AQSh Ukraina mojarosini diplomatik yo‘l bilan hal qilish uchun harakat qilishda davom etadi;
◾️ AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritish ehtimolini istisno qilmaydi, biroq bu masalada ehtiyotkorlik bilan harakat qiladi;
◾️ Qo‘shma Shtatlar o‘z harbiylarini Ukrainaga yubormaydi, ammo Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlarini ta’minlashda faol rol o‘ynaydi;
◾️ Vashington Ukraina bo‘yicha kelishuv uchun ikki asosiy masalani hal qilish zarurligini ko‘rmoqda — hududiy masalalar va xavfsizlik kafolatlari;
◾️ Tramp hozir Rossiya va Ukrainaning pozisiyalari mos keladigan va farqlanadigan “eng kichik tafsilotlarga” ham e’tibor qaratmoqda, bu mojaro hal qilinishi uchun muhim hisoblanadi. Biroq prezident 3,5 yil oldin hammasi qanday boshlanganini har bir mayda tafsilotigacha o‘rganishga urinmayapti, hozirgi tafsilotlarga e’tibor qaratmoqda.