Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Olot tumani hokimi va undan kaltak yegan fermerni yarashtirib qo‘yishdi

Olot tumani hokimi va undan kaltak yegan fermerni yarashtirib qo‘yishdi

Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev Olot tumani tumani hokimi Sherali Salomov va undan kaltak yegan Shuhrat fermer xo‘jaligi rahbari Orif Durmatovni yarashtirib qo‘ydi, deya xabar bermoqda Daryo ning telegramdagi kanali (asl manba Xabar.uz ). Bir kun avval hokim fermerni urgani va uni boshqa bir fermer xo‘jaligi hisob raqamiga 25 million so‘m o‘tkazib berishga majbur qilgani aytilgan edi.

Olot tumani faollari bilan uchrashuvda O‘ktam Barnoyev Sherali Salomovning harakatlarini qoralagan, viloyat hokimining aytishicha, rahbar shaxsning bunday qilig‘i olib borilayotgan xalqni rozi qilish siyosatiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi .

O‘ktam Barnoyev bunday holat viloyatdagi har qanday rahbarlar tomonidan takrorlansa, ularga nisbatan qattiq chora ko‘rilishi haqida ogohlantirgan.

Olotlik fermer Orif Durmatov bilan shaxsan gaplashdim. Mehnatkash, halol, mard, tanti, g‘ururli yigit ekan. Hokim bilan yuz bergan holatni to‘g‘ri tushunib, mardlarcha o‘zini tutdi. Bundan buyon bu fermer shaxsan mening e’tiborimda bo‘ladi. Bunday fermerlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Buxoroda adolatsizlik siyosati bo‘lmaydi , deya ta’kidlagan viloyat hokimi.

Olot tumani hokimi o‘zi do‘pposlagan fermerdan ko‘pchilik oldida kechirim so‘ragan. Fermer tuman hokimining uzrini qabul qilgan.

Viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev tuman faollarining taklif va tavsiyalariga ko‘ra, bo‘lgan voqeadan Sherali Salomov afsusda ekanligi va fermerdan uzr so‘raganligini inobatga olib, ikkala tomonni yarashtirib qo‘ydi.

Boshqa fermerning hisobiga o‘tkazilgan pullar taqdiri haqida ma’lumot berilmagan , deb yozadi Gazeta.uz . Viloyat hokimi tomonlarni yarashtirib qo‘ygan bo‘lsa-da, huquqiy jihatdan bu Olot hokimining jazodan qutulib qolishi uchun sabab bo‘la olmaydi , deb aniqlik kiritgan Kun.uz.

Hozirgi holatda fermerning arizasi shart emas, hattoki u hokimga nisbatan da’voyim yo‘q, yarashdim deb yozib bergan taqdirda ham, hokimni javobgarlikka tortish mumkin. O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashga mas’ul idoralar bor. Lekin hozircha ular negadir jim , deb qo‘shimcha qilgan internet-nashr muxbiri.

P/S. Suratda hokim Sherali Salomov (o‘ngda) va fermer Orif Durmatov

Kiritildi: 16:58 16.01.2019. O'qildi: 3057 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!