Mukofot jamg‘armasi saralash bosqichining o‘zidayoq 100 ming tengeni tashkil qilgan muazzinlar musobaqasi Qozog‘iston Respublikasining Olmota shahrida o‘tkazildi.
Olmota shahridagi Markaziy jome masjidda uchinchi Respublika muazzinlar tanlovining saralash bosqichida hakamlar muazzinlarni quyidagi kategoriya asosida baholaganlari ma’lum qilindi:
- azon so‘zlarini to‘g‘ri talaffuz qilishi;
- nafasni boshqarishi;
- harflar va tovushlarni to‘g‘ri aytishi hisobga olindi.
Saralash bosqichida g‘alaba qozongan ishtirokchiga respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishi qayd etildi.
1- o‘rin: Sultan Jumaliyev (50 ming tenge);
2-o‘rin: Serik Axmetov (30 ming tenge);
3-o‘rin: Baqit Jaysanbekov (20 ming tenge).
Manba: muslim.uz