«Volchya Gora» cho‘qqisida adashib qolgan 55 yoshli Gresiya fuqarosi topildi.
Olmaota shahar qutqaruv xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 8 iyunda soat 21:37da «109»ga Gresiya fuqarosi G. «Volchya gora»ga borib qaytmagani haqida xabar kelib tushgan.
«1968 yilda tug‘ilgan sayyohning g‘oyib bo‘lgani haqidagi ma’lumotni u joylashgan yotoqxona egasi xabar qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, sayyoh o‘z telefoniga qayerda ekani va «qaytib yo‘ldan adashib qolgani» haqida xabar yuborgan», - deyiladi Olmaota shahri qutqaruv xizmati xabarida.
Qutqaruv xizmati qutqaruvchilari so‘nggi geoma’lumotlar asosida qidiruv ishlarini olib bordi va tungi soat 01:11 da bedarak yo‘qolgan fuqaroni topib, tog‘dan tushirib oldi.