O‘zbekiston aholisidan hech qanday shikoyat kelib tushmadi, dedi Oliy sud raisining o‘rinbosari Halilillo To‘raxo‘jayev bugun, 9 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovining dastlabki natijalariga bag‘ishlangan brifing chog‘ida.
Halilillo To‘raxo‘jayevning aytishicha, O‘zbekiston Prezidenti saylovi milliy qonunchilikka muvofiq tarzda bo‘lib o‘tdi. Oliy sudga ovoz berish jarayonidagi tashkilotchilik bo‘yicha hech qanday shikoyat kelib tushgani yo‘q.