Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Oliy sud Facebook’da e’lon qilingan post yuzasidan axborot berdi

Oliy sud Facebook’da e’lon qilingan post yuzasidan axborot berdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida SH.R. ismli foydalanuvchi «Samarqand ma’muriy sudi ‘ekologiya buzilayapti, shaharni suv bosayapti’ deya ayyuhannos solganlarga ‘senga nima’ qabilida javob berib, bu qarorni viloyat apellyasiya instansiyasi oqizmay-tomizmay takrorlagani va tasdiqlaganiga nima deysiz?», deya post qoldirgan. Oliy sud matbuot xizmati ushbu masalaga oydinlik kiritdi.

Sudning vazifasi qonun talablari asosida, ishda to‘plangan hujjatlarga huquqiy baho berish orqali qaror qabul qilishdan iborat.

Viloyat sudi quyi sud qaroridan norozi bo‘lib keltirilgan apellyasiya yoki kassasiya shikoyati asosida birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan qarorning qonuniyligini o‘rganib, unga huquqiy baho beradi.

Ishda to‘plangan hujjatlardan ma’lum bo‘lishicha, fuqarolar R.Xairnurov va R.Mo‘minov sudga Samarqand shahar hokimining 2018 yil 12 yanvardagi 52-Q-sonli «Damir binokor qurilish» MCHJga ko‘p qavatli turar joy qurishga ruxsat berish haqida»gi qarorini haqiqiy emas, deb topish haqida ariza bilan murojaat qilgan.

Samarqand shahar ma’muriy sudining 2019 yil 5 yanvardagi hal qiluv qarori bilan arizachi R.Xairnurov va R.Mo‘minovning arizasi rad qilingan.

Mazkur ish joriy yilning 19 fevral kuni Samarqand viloyat ma’muriy sudi apellyasiya instansiyasida ko‘rilib, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Agarda ishda ishtirok etuvchi tomonlardan biri sud qarorlaridan norozi bo‘lsa, yuqori turuvchi sudga murojaat etishi mumkinligi tushuntirilgan.

Manba: zamin.uz

Kiritildi: 18:30 15.06.2019. O'qildi: 1445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!