Oliy sud binosi yonida fuqaro sud qaroridan norozi bo‘lib, daraxtga chiqib oldi.
U tezkor tushirilib, holati tekshirildi — jarohat aniqlanmadi. Keyin u Bahodir Islomov tomonidan qabul qilinib, murojaati rasmiy tartibda ko‘rib chiqishga olindi.
Sud ma’lum qilishicha, fuqaro ishi avval ham barcha instansiyalarda ko‘rib chiqilgan va qaror o‘zgarishsiz qoldirilgan.