Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Oliy Majlis Senati ko‘chmoqda

A A A
Oliy Majlis Senati ko‘chmoqda

O‘zbekiston parlamenti – Oliy Majlisning yuqori palatasi – Senat Tashqi ishlar vazirligining binosiga ko‘chmoqda. Tashqi ishlar vazirligi esa, Xalq bankining bosh qarorgohi (Toshkent shahri hokimiyatining sobiq binosi)ga ko‘chmoqda. Bundan avval, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi boshqa joyga ko‘chayotgani munosabati bilan uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va asosiy veb-sahifasida uzilishlar bo‘lishi mumkinligi haqida xabar qilingan edi. 

«Tashqi ishlar vazirligi boshqa binoga ko‘chib o‘tishi munosabati bilan TIVning internetdagi rasmiy manbalarida (veb-sahifa, Facebook’dagi sahifa, YouTube’dagi kanal) uzilishlar bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri tushunishingizga umid qilamiz», - deyiladi TIV xabarida.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 14:44 19.06.2018. O'qildi: 1900 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik