Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Oliy Majlis deputati YTH sababli hayotdan ko‘z yumdi

A A A
Oliy Majlis deputati YTH sababli hayotdan ko‘z yumdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sobit Tursunov Sirdaryo viloyatida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. U suv tanqisligi bo‘yicha muammolarni o‘rganish maqsadida Samarqand viloyatiga xizmat safari bilan ketayotgan bo‘lgan. 

Ma’lum qilinishicha, 1973 yil Samarqand viloyati, Jomboy tumanida tavallud topgan S.Tursunov 1994 yilda Samarqand qishloq xo‘jalik institutini, 2012 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. 

ANIQ.UZ tahririyati marhumning oila a’zolari, yaqinlariga hamdardligini izhor qiladi va sabr tilaydi. 

Manba: kun.uz

Kiritildi: 13:28 09.07.2018. O'qildi: 1709 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik