Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tayotgan Tokioga tayfun yaqinlashmoqda

Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tayotgan Tokioga tayfun yaqinlashmoqda

Tinch okeanidan Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tayotgan Tokioga tayfun yaqinlashmoqda, deya xabar beradi Yaponiya meteorologik xizmati.

"Nepartak" tayfuni g‘arbga siljib, Yaponiyaning sharqiy va shimoli-sharqiga yaqinlashmoqda va ba’zi olimpiya tadbirlariga ob-havo ta’sir qilishi mumkin, chunki xabarlarda kuchli yomg‘ir, shamol va kuchli to‘lqinlar haqida ogohlantirilgan.

Tokiodagi o‘yinlar tashkilotchilari hozircha seshanba kuniga belgilangan deyarli barcha musobaqalarni jadvalga muvofiq o‘tkazishni rejalashtirganliklarini aytishdi. Faqat eshkak yeshish va kamondan o‘q otish bo‘yicha musobaqalar qoldirildi.

Yaponiya meteorologiya xizmati, o‘z navbatida, kutilayotgan yomg‘ir tufayli ko‘chkilar va toshqinlar bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirdi.

Hozirda "Nepartak" Tinch okeanida taxminan 35 km / soat tezlik bilan Yaponiyaga yaqinlashmoqda.

Kiritildi: 18:34 26.07.2021. O'qildi: 3060 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!