Toshkent shahrida 2022 yil 9 noyabrda tamal toshi qo‘yilgan Olimpiya shaharchasi qurib bitkazildi. Qisqa vaqt ichida 100 gektardan ziyod maydonda qad rostlagan mazkur majmuaga Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurdi.
Ma’lumot uchun, qariyb 290 million dollarlik ushbu loyiha “CAMC Engineering” kompaniyasi tomonidan xalqaro talablarga muvofiq amalga oshirildi.