Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Olimpiadaga yana bir yo‘llanmani qo‘lga kiritdik

Olimpiadaga yana bir yo‘llanmani qo‘lga kiritdik

Turkiyada o‘tayotgan kamondan o‘q otish bo‘yicha jahon lisenzion turniri o‘z yakuniga yetdi.

Quvonarlisi, unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Amirxon Sodiqov yakkalik dasturida Olimpiada yo‘llanmasiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Qayd etish joiz, Ziyodaxon Abdusattorova O‘zbekiston delegasiyasi uchun ushbu sport turida tarixiy dastlabki Olimpiada yo‘llanmasini taqdim qilgan edi.

Bugun yo‘llanmalarimiz yanada ko‘paydi. Yana bir ahamiyatli tomoni, ushbu yo‘llanma evaziga Sodiqov Olimpiya o‘yinlarida Abdusattorova bilan mikst dasturida ham qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, Amirxonning bugungi muvaffaqiyatli ishtiroki bilan delegasiyamiz kamondan otish sportida uchta yo‘llanmaga ega chiqdi.

Kiritildi: 22:36 17.06.2024. O'qildi: 1097 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!