Ukraina terma jamoasi Fransiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlari turnirida «B» guruhining ikkinchi turida Marokash terma jamoasini mag‘lub etdi .
Uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi. Ukraina termasi darvozasiga Dmitriy Kriskiv va Igor Krasnopir mualliflik qilishdi. Marokash terma jamoasining yagona golini Soufyan Rahimi penaltidan kiritdi.
Ukraina terma jamoasi 63-daqiqada Vladimir Salyuk to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib , ozchilikda o‘ynadi .
Ikki tur o‘yinlari yakuniga ko‘ra, «B» guruhidagi barcha jamoalar uch ochkoga ega bo‘lishdi. Bu guruhda Argentina va Iroq terma jamoalari ham kurash olib boradi .