Bugun 18 iyul, 2026 yil, shanba

КИР

Olimpiada chempioni mast holatda qo‘lga olindi

Olimpiada chempioni mast holatda qo‘lga olindi

Rio Olimpiadasi chempioni, qozog‘istonlik Daniyar Yeleusinov Astanada qo‘lga olindi.

Xabarlarga ko‘ra, Yeleusinov ikkita yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan va shundan so‘ng voqea joyidan yashiringan. Polisiya vakillarining ta’kidlashicha, bokschi avtomobilni mast holatda boshqargan.

YTH oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Daniyar Yeleusinov — Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi, 2013 yilgi jahon chempioni va 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi hisoblanadi. Professional faoliyati davomida u IBO yo‘nalishida yarim o‘rta vazn jahon chempioni hamda IBF Inter-Continental kamari sohibi bo‘lgan.

Olimpiada chempioni mast holatda qo‘lga olindi

Kiritildi: 14:15 09.07.2026. O'qildi: 9273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!