Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Olimlar saraton kasalligiga sun’iy intellekt yordamida taxshis qo‘yish yo‘lini topdi

Olimlar saraton kasalligiga sun’iy intellekt yordamida taxshis qo‘yish yo‘lini topdi

Saraton xastaligi ko‘pincha kech bosqichda aniqlanadi. Xavfli o‘smalar deyarli butun tanani egallab, metastazlar ichki organlar bo‘ylab tarqalganda esa bemorni davolash jarayoni yanada murakkablashishi, tabiiy.

🔬Shu sababli hozir dunyo olimlari bu muammo yechimini topish uchun izlanishda. Tadqiqotlar davomida, avvalo, saraton tashxisi samaradorligini oshirish ustida ish olib borilyapti.

📌 Shvesiyaning Gyotenborg universiteti olimlari bu ezgu maqsad sari ancha yaqinlashdi. Mazkur jarayonda mass-spektrometriya usulidan foydalanish ijobiy natija berishi ma’lum bo‘ldi.

🧪 Mutaxassislar izohiga ko‘ra, bu usul glikanlar deb ataladigan hujayralardagi shakar molekulalarining murakkab tuzilmalarini tahlil qilish orqali kasallikni aniqlash imkonini beradi.

🔎 Biroq ushbu jarayonda olingan ma’lumotlarni uzoq vaqt va ehtiyotkorlik bilan o‘rganish talab etiladi. Bu esa qator muammo va qiyinchiliklarga sabab bo‘lib kelayotgandi.

🖥 Shved olimlari masala yechimiga innovasion yondashuv zarurligini anglab yetdi. Shu tariqa tibbiy ma’lumotlar tahlilini o‘zlari yaratgan sun’iy intellekt, ya’ni Candycrunch deb nomlangan dasturga ishonib topshirishni taklif qildi.

♻️ Mazkur ishlanma orqali 90 foiz aniqlikka erishish mumkinligi aytilmoqda. Buning uchun sun’iy intellekt shakar molekulalarining parchalanishi va tuzilishiga doir 500 mingdan ortiq namunalarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasi asosida o‘rgatildi.

‼️ Sinovlar davomida tasdiqlanishicha, yuqori aniqlikdagi tashxis natijalarini olish uchun bir necha soniya kifoya qiladi.

Kiritildi: 11:18 05.07.2024. O'qildi: 670 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!