Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Olimlar qand kasaliga davo mevani aniqlashdi

Olimlar qand kasaliga davo mevani aniqlashdi

Mango qondagi qand miqdorini barqarorlashtirishi va 2-toifa diabeti bor odamlarda umumiy holatini yaxshilashi mumkin. Bu haqda Express nashri Amerikalik olimlar tadqiqotiga asoslanib xabar bermoqda.

Mutaxassislar mevalar tarkibidagi polifenollarning antioksidant va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega ekanligini aniqladilar.

"Mango tarkibida karotenoidlar, tokoferollar, askorbin kislotasi va fenol aralashmalari mangiferin, gall kislotasi hamda kversetin kabi bir qator taniqli bioaktiv birikmalar ham bor", deyiladi xabarda.

Olimlar 2-toifa diabetga chalingan ko‘ngillilarni tanlab, ularning taomiga muzlatilib quritilgan mango mevasini qo‘shganlar. Bir necha oydan so‘ng, bemorlarda ovqatdan so‘ng glyukoza miqdori pasaygan. Bundan tashqari, ishtirokchilarning aksariyatida tana yog‘i kamaygan.

Shu bilan birga, mutaxassislar mangoda ko‘p miqdordagi shakar borligi, shuning uchun xavf ostida bo‘lgan bemorlar uni kam-kam iste’mol qilishlari kerakligi haqida ogohlantirganlar.

Kiritildi: 07:39 25.01.2021. O'qildi: 6427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!