O.O‘sarov 2022 yildan buyon Prezident Administrasiyasida bosh konsultant lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lum bo‘lishicha, u Mudofaa vazirining vatanparvarlik targ‘iboti, ma’naviy-ma’rifiy masalalar va yoshlar ishlari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ish boshlagan.
Ixtisosligiga ko‘ra, jurnalist, huquqshunos. Filologiya fanlari nomzodi, dosent. 2-darajali adliya maslahatchisi (podpolkovnik harbiy unvoniga tenglashtirilgan).
Bundan tashqari, mehnat faoliyati davomida Oliy sud axborot xizmati rahbari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining axborot va ommaviy kommunikasiyalar masalalari qo‘mitasi a’zosi, “Nuroniy” gazetasi va “Keksalik gashti” jurnali bosh muharriri, 2021-2022 yillarda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifalarida ishlagan.