O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Koreya Respublikasiga ketayotgan O‘zbekiston fuqarolariga ogohlantirish bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, Koreya Respublikasining Karantin hamda hayvon va o‘simliklar inspeksiyasi agentligi mamlakatda Afrika cho‘chqa grippi va parranda grippi tarqalishining oldini olishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar doirasida joriy yilning 1 iyunidan boshlab quyidagi go‘sht mahsulotlarini mamlakatga olib kirishni taqiqlaydi:
Yuqorida qayd etilgan go‘sht mahsulotlarini Koreya Respublikasiga qonunga xilof tarzda olib kirishga harakat qilish 5 mln Koreya voni (1 dollar = 1155,57 von) miqdoridagi jarima solinishiga asos bo‘ladi.
Xabarda jarimani to‘lamaslik mamlakatga 5 yil muddat ichida qayta kirishga taqiq qo‘yilishiga sabab bo‘lishi alohida ta’kidlangan.