Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Olaf Shols va Elizabet Born energetika sohasidagi birdamlik kelishuvini imzoladi

Olaf Shols va Elizabet Born energetika sohasidagi birdamlik kelishuvini imzoladi

Germaniya kansleri Olaf Shols va Fransiya bosh vaziri Elizabet Born 25 noyabr kuni energiya ta’minoti sohasida ikki davlatni o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutuvchi energetika sohasidagi birdamlik kelishuvini imzoladi. Imzolash marosimi Germaniyaning n-tv telekanali tomonidan namoyish etildi.

Germaniya vise-kansleri, Iqtisodiy ishlar va iqlimni muhofaza qilish vaziri Robert Xabek va Fransiyaning energetikaga o‘tish vaziri Anyes PanYE-Ryunashe tomonidan tayyorlangan hujjatga ko‘ra, Germaniya Fransiyaga elektr energiyasi yetkazib berish majburiyatini oladi. O‘z navbatida, Fransiya ham Germaniyaga gaz yetkazib berishga rozi bo‘ldi.

Kiritildi: 19:15 26.11.2022. O'qildi: 2256 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!