Bugun 2 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Oksford lug‘ati 2024 yilning asosiy so‘zini e’lon qildi

Oksford lug‘ati 2024 yilning asosiy so‘zini e’lon qildi

Oksford inglizcha lug‘ati talqiniga ko‘ra, «brain rot» («miya chirishi») iborasi yakuniga yetayotgan 2024 yilning asosiy so‘ziga aylandi. Oxford University Press ma’lumotiga ko‘ra, onlayn ovoz berishda 37 mingdan ortiq odam qatnashdi.

«Til bo‘yicha mutaxassislarimiz 2024 yil davomida shakllangan his-tuyg‘ular va suhbatlarni aks ettiruvchi oltita so‘zdan iborat ro‘yxat tuzdilar. Ikki haftalik ommaviy ovoz berish va keng ko‘lamli muhokamadan so‘ng mutaxassislarimiz jamoatchilik fikri, ovoz berish natijalari va til ma’lumotlarini ko‘rib chiqish uchun yig‘ilishdi va «miya chirishi»ni 2024 yilning asosiy so‘zi deb e’lon qilishdi», — deyiladi xabarda.

Oksford lug‘ati belgilagan atama («brain rot» — so‘zma-so‘z «miya chirishi») inson aqliy yoki intellektual holatining, birinchi navbatda ahamiyatsiz deb hisoblangan yoki hech qanday kuch talab qilmaydigan materiallarni (hozirgi kunda, ayniqsa, saviyasi past onlayn kontent) haddan tashqari iste’mol qilish oqibatida yomonlashuvini anglatadi.

Kiritildi: Bugun 14:46. O'qildi: 243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!