Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Oksana Chusovitina Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorlanishni rejalashtirmoqda

Oksana Chusovitina Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorlanishni rejalashtirmoqda

Oksana Chusovitina Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorlanishini ma’lum qildi.

O‘tgan yil oktyabrida Chusovitina katta sportga qaytishini ma’lum qilgan edi. O‘shanda sportchi 2022 yilgi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishga qaror qilgan edi. Biroq Xitoyning Xanchjou shahrida 2022 yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan XIX Osiyo va IV Paraosiyo o‘yinlari noma’lum muddatga qoldirildi.

Chusovitina Osiyo o‘yinlarining qoldirilishi rejalariga qanday ta’sir ko‘rsatgani haqidagi savolga javob berdi.

“Bu haqida yaxshilab o‘ylab ko‘rdim va Osiyo o‘yinlaridan so‘ng Parij-2024 Olimpiadasiga ham tayyorlanishga qaror qildim”, - deydi Oksana Chusovitina.

Ayni kunlarda sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etgan afsonaviy gimnastikachi Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida g‘alaba qozonib, ushbu yo‘nalishda tengi yo‘q ekanini isbotladi.

Ma’lumot uchun, Oksana Chusovitina 8 marta Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etib, gimnastika tarixi va “Ginnessning rekordlari” kitobiga kiritilgan. Agar u Parij-2024 Olimpiadasida ham ishtirok etadigan bo‘lsa, o‘z rekordini yaqin davr ichida hech kim yaqinlasha olmaydigan qilib yangilaydi. O‘shanda u 49 yoshida bu ishni amalga oshirgan bo‘ladi.

Kiritildi: 18:13 09.05.2022. O'qildi: 2417 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!