Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

OKMK va Germaniya banki o‘rtasida 2,55 milliard dollarlik mandat imzolandi

A A A
OKMK va Germaniya banki o‘rtasida 2,55 milliard dollarlik mandat imzolandi

Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Germaniya Federativ Respublikasiga rasmiy tashrifi davomida OKMK va “KfW-IPEX Bank” nemis banki bilan yangi Mis eritish kompleksining qurilishini moliyalashni tashkillashtirish bo‘yicha 2,55 milliard dollarlik mandat imzolandi.

Yangi mis eritish kompleksi Prezidentimizning 2020 yil 26 maydagi “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qaroriga ko‘ra amalga oshirilayotgan “Yoshlik-1 koni o‘zlashtirish” investisiyaviy loyihasi doirasida barpo etilmoqda.

Yangi metallurgiya kompleksining qurilishi kombinatga mis, oltin va kumush ishlab chiqarish hajmini ikki barobar oshirish imkonini beradi.

Kiritildi: 15:47 30.09.2023. O'qildi: 1495 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!